So`rovnoma

Qaysi sport turiga ko`proq qiziqasiz?

Basketbol
Boks
Belbog`li kurash
Dzyudo
Velosport
Voleybol
Yengil atletika
Yunon-Rum kurashi
Milliy kurash
Og`ir atletika
Suzish
Taekwon-do
Tennis
Turon
Futbol
Erkin kurash
Eshkak eshish
Gandbol


 

 

Yangiliklar kalendari

«    Июнь 2018    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Ommabop yangiliklar






    JTT ma`ruza

    Jismoniy tarbiya tarixi (JTT) fanidan uslubiy qo`llanma

    Qisqacha mazmuni:

    Reja:

    l. JTT fanining mazmuni, davrlari, o'rganish manbalari, asosiy vazifalari va ahamiyati.

    2. Jismoniy madaniyatning vujudga kelishidagi asosiy omillar.

    3. 1btidoiy jamoa tuzumi davrida jismoniy tarbiyaning xususiyatlari


     

    Jismoniy madaniyat jahon xalqlarining umumiy madaniyati mazmunidan chuqur o'rin egallamoqda. Uni o'qitish, o’rganish va ilmiy tadqiqot olib borish bugunning dolzarb muammolaridan biridir.

    O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi»1, - deb yangi tariximizga yo'l ochib berdi. Buni yurtimizning mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy madaniy islohotlarning samarali natijalarida ko'rish mumkin.

    Jahon xalqlari tarixi, shuningdek, O'zbekiston xalqlari tarixida jismoniy tarbiya va sport tarixining ham o'ziga xos xususiyatlari hamda ijtimoiy-tarbiyaviy o'rni g'oyat kattadir.

    Jismoniy tarbiya harakatida mutaxassis kadrlarga bo'lgan talablar va ehtiyojlar ijtimoiy turmush hamda mehnatda, ayniqsa, Xalqaro sport harakatida doimiy ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababdan jismoniy tarbiya, sport, xalq milliy o'yinlari va sayohatlar bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berilmoqda.

    Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Sog'lom avlod davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini hayotga singdirish, bolalar sportini rivojlantirish, o'quvchi yoshlarning «Umid nihollari», «Barkamol avlod», sport o'yinlari hamda talabalar «Universiada»larini tashkil qilishda asosiy maqsad buyuk kelajakning har tomonlama barkamol avlodlarini tarbiyalashdir. Bu jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining zimmasiga g'oyat katta sharafli mas'uliyatni yuklamoqda.

    Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning nazariy bilim hamda amaliy malakalarini oshirishda «Jismoniy taibiya va sport tarixi hamda jismoniy madaniyat harakatini tashkil etish va boshqarish» fani asosiy mutaxassislik fanlaridan biri bo'lib hisoblanadi.

    O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (O'zDJTI) va Respublika oliy o'quv yurtlarininig jismoniy tarbiya fakultetlari, shuningdek, pedagogika kasb-hunar kollejlarining jismoniy tarbiya bo'limlari, Olimpiya o'rinbosarlari kasb-hunar kollejlarida Davlat ta'lim standartlari asosida «Jis­moniy tarbiya va sport tarixi» fan sifatida o'qitib kelinmoqda.

    Umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida o'tkaziladigan jismoniy tarbiya darslari mazmunida jismoniy madaniyat harakati bilan bog'liq barcha tadbirlar o'z ifodasini topmoqda. Bunda «Jismoniy - tarbiya va sport tarixi» fanidan maqsadli foydalanish amalga oshirilmoqda.

    «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida maktabgacha ta'lim muassasalari, ishlab chiqarish va mehnat jamoalari, aholi istiqomat va dam olish joylari, ayniqsa, o'quvchi yoshlar va talabalarning yozgi dam olish hamda sport-sog'lomlashtirish oromgohlarida ommaviy jismoniy tar­biya va sport tadbirlariga keng o'rin berilmoqda. Aholining salomatligini yaxshilash, barkamol avlodning ma'naviy va jis­moniy rivojlanishini ta'minlashda jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslarini singdirish muhim vazifalardan biri qilib qo'yilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportining mohiyatini bunday tushuntirish, ularni targ'ibot qilish, barcha sport turlari tarixi, xalq milliy o'yinlari tarixi bilan tanishtirish muhim ahamiyatga egadir. Bu yo'lda ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniy-tarbiyaviy va ilmiy meroslar mazmunidagi jismoniy tarbiya hamda uning tarixi asosida ta'lim-tarbiya berishni davr taqozo etmoqda.


    Yuklab olish


    Muallif: Noma`lum
    Format: *doc


    Bugun qanday kun?

    День всенародной памяти жертв Великой Отечественной войны

    Hikmatli so`zlar

    ***Begona ko`chaga kirib qolgan odam qo`rqib qoladi, Qo`rqadi-yu o`sha zahoti qaytib keta qolmaydi, nimaga shunaqa qilganini o`zi ham bilmaydi.

    Manzil


    Toshkent viloyati,
    Chirchiq shahri,
    Sportchilar ko`chasi, 19 uy
    Tel: 8 37071 54132 (Qabulxona)
    Faks: 8 37071 54132
    Tel: 8 37071 56342 (ARM)
    E-mail: chozk@mail.ru


    Statistika


    Яндекс.Метрика