Yangiliklar

Chirchiq Olimpiya zahiralari kollejida «Yosh tadbirkor elga madadkor» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

✅Tabdirkor bo’lish niyatidagi yoshlar safi ko’paymoqda. 🏢Chirchiq Olimpiya zahiralari kollejida «Yosh tadbirkor elga madadkor» mavzusida uchrashuv tashkil etildi. 📍Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi mutaxassisi N.Begmatova, Ipotekabank shahar filiali mutaxassisi I.Begmetov, MMIBDO’ M.Mierbekova, O’IBDO’ M.Nabieva, Tadbirkorlik va biznes asoslari o’qituvchisi U.Bekmuratovalar  ishtirok etdilar. 📌Uchrashuv davomida o’quvchi- yoshlarda  biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish orqali ularni tadbirkorlikka keng …

Batafsil

Chirchiq olimpiya zahiralari kollejida umumxalq hashari bo’lib o’tmoqda.

Bugun butun mamlakatimiz bo’ylab «Obod va ko’rkam mahallam» shiori ostida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tmoqda. Xalqimizning sevimli bayrami Navro’z ayyomiga bag’ishlangan ushbu umumxalq xayriya hashari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 martdagi qarori asosida o’tkazilmoqda. 13 mart kuni erta tongdanoq CHOZK texnik xodimlari tomonidan yo’l-yo’laklar, binolarning atrofi tozalanib, mevali va manzarali daraxtlar oqlanib, gul ko’chatlari ekilmoqda.

Batafsil

Chirchiq OZK tarbiyalanuvchisi Rajaboyev Imomiddin fahirli 2-o’rin va sharafli SPORT ustasi unvonlariga sazovor bo’ldi.

Ayni damda Chirchiq shahrida eng kuchli yosh og’ir atletikachilar kuch sinashishmoqda! Endigi navbat musobaqa tafsilotlariga. O’zDJTvaSU mezbonlik qilayotgan og’ir atletika bo’yicha Yoshlar o’rtasida O’zbekiston chempionatining 49 kilogramgacha bo’lgan polvonlarimiz o’z chiqishlarini yakunlashdi. Musobaqa ikki kurash natijasiga ko’ra Chirchiq OZK tarbiyalanuvchisi Rajaboyev Imomiddin fahirli 2-o’rin🥈va sharafli SPORT ustasi unvonlariga sazovor bo’ldi.

Batafsil

8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan CHOZKda faoliyat ko’rsatayotgan ayollarimizni chin yurakdan tabriklaymiz!

💐8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan CHOZKda faoliyat ko’rsatayotgan ayollarimizni chin yurakdan tabriklaymiz! O’zbek ayoli azaldan o’zining ibosi, aql-farosati, husni-jamoli, vafodorligi, farzandlari va o’z oilasiga mehr-oqibati bilan dunyoga tanilgan. Ushbu fazilatlarni bardavom ettirayotgan, bugungi kunda yetuk, o’z halqiga sadoqatli, ibratli an’analarimiz va urf-odatlarimizni yoshlar ongiga singdirayotgan, jismonan baquvvat va aqlan sog’lom kelajagimiz vorislarini tarbiyalashdek muhim vazifani o’z zimmasiga olgan …

Batafsil

CHOZK suzish bo’limi murabbiyi Nazarova Taxmina Abdugapparovna 8 mart-«Xalqaro hotin-qizlar kuni» bayrami munosabati bilan taqdirlandi.

Joriy yil 6 mart kuni Zangiota tumani «Madaniyat saroyi» binosida 8 mart «Xalqaro hotin-qizlar kuni» bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan boshqarma va uning tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan hotin-qizlarni tabriklash marosimida CHOZK suzish bo’limi murabbiyi Nazarova Taxmina Abdugapparovna ishtirok etdi. Tadbir boshida Toshkent viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo’yicha o’rinbosari S.Nizamov hamda Toshkent …

Batafsil

8 mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan «Millat ko‘rkidir ayol» nomli tadbir uyushtirildi.

Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida joriy yilning 6-mart kuni faoliyat yuritayotgan munis va ojis xilqat soxibi bo‘lgan xodima ayollarni, bahor faslining ilk kunlarida go‘zal va be’takror bo‘lgan bekalarni qadrlash xamda extirom aylash maqsadida yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadigan 8 mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan «Millat ko‘rkidir ayol» nomli tadbir uyushtirildi hamda sovg‘alar bilan bayram bilan mubarokbod etildi.

Batafsil

AYOL BAXTLI BO’LSA — OILA, BUTUN JAMIYAT BAXTLI.

Sport bilan shug’ullanish nafaqat jismoniy holatni yaxshilaydi, balki miya uchun ham foydali, reaksiyani tezlatadi hamda tez qarorlar qabul qilish qobiliyatini oshiradi. Bizning kunlarimizda sport bilan shug’ullanish ommaviy va qulay bo’lib kelmoqda. Sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash ancha dolzarb – bu xodimlarning ahvoli va kayfiyati chog’ligi, demak, ularning ish joyidagi yuqori samaradorlik garovi. Eng oddiy narsalar xodimlarni yaxshi ishlashga undaydi, ulardan biri …

Batafsil

MOQ va Vazirlik rahbarlari Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurishdi

     Mutasaddilar dastavval kollej ichida olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdilar va shu bilan maskan ichidagi bo‘limlarni birma-bir ko‘rib chiqishdi. Bu borada yosh sportchilarga berilayotgan ovqatlar ratsioni, ularning yotoqxonalarida yaratilgan sharoitlar eʼtibor markazida bo‘ldi. MOQ raisi oshpazlar bilan suhbatlashar ekan, o‘zining tavsiyalarini berib o‘tdi. “O‘quvchilarga berilayotgan taomlar menyusini yana-da boyitish kerak. Dasturxondan qo‘shimcha meva va sabzavotlar ham uzilmasligi lozim. …

Batafsil

Chirchiqda og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston kubogi start olmoqda.

   22-24 avgust kunlari Chirchiq shahridagi O’zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetining sport manejida og’ir atletika bo’yicha kattalar o’rtasida O’zbekiston kubogi bo’lib o’tadi. O’zbekiston kubogi bir vaqtning o’zida asosiy tarkib vakillarini saralashdan tashqari yoshlar va o’smirlar terma jamoasini shakllantirib olishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda soʻzga chiqqan sport mutasaddilari musobaqada ishtirok etayotgan atletlarga omad tilagan holda ogʻir atletika …

Batafsil

Rossiya federatsiyasida boks bo’yicha bo’lib o’tgan xalqaro musobaqa natijalari.

    Joriy yilning 13-19 avgust kunlari Rossiya federatsiyasida boks bo’yicha bo’lib o’tgan xalqaro musobaqada Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati tarbiyalanuvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdilar: Abdukarimov Akrom 44 kg 1-o’rin Xaydarov Po’lat 63 kg 1-o’rin Ergashev Ibrohim 70 kg 1-o’rin Maxmudov Begjan 54 kg 3-o’rin Xo’jaqulov Davron 46 kg 2-o’rin Xamidulayev Mamurjon 52 kg 3-o’rin Abdulayev Suxrob 48 …

Batafsil

Olmaliq shahrida belbog’li kurash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon chempionatda CHIOZMI sportchisi Vaxobov Muhammad kumush medal sohibi.

   Joriy yilning 7-12 avgust kunlari Olmaliq shahrida belbog’li kurash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati start oldi. 2002-2004 yillarda tug’ilgan o’smir va qizlar o’rtasida o’tkazilayotgan jahon chempionatida Rossiya, Isroil, Hindiston, Eron, Ukraina, Belarus, Xitoy, Shvesiya kabi dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 200 ga yaqin polvonlar ishtirok etdi. Jahon chempionatida   CHIOZMI belbog’li kurash sport turi bo’yicha tarbiyalanuvchi …

Batafsil

«Boks» sport turi bo’yicha sportchimiz Boltayev Shavkatjon Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Quvaytda oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Bugun 8-avgust kuni musobaqa doirasida final janglari boʻlib oʻtdi. Ahamiyatlisi, 14 ta vazn toifasida oʻtkazilgan final janglarining 64 kg vazn bilan CHIOZMI bokschisi Boltayev Shavkatjon ringga koʻtarildi. Kun toʻliq ravishda oʻzbek yigitlariga ataldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bahslarda ringga chiqqan 12 nafar O’zbekistonlik bokschimizning 10 nafari raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻlishdi. Ikki nafar bokschimiz …

Batafsil

Angren shahar Yangiobod hududida joylashgan yozgi sport mashg’ulotlari yig’inlarini o’tkazayotgan CHIOZMI sportchi-o’quvchilariga tadbir tashkillashtirildi.

   Joriy yilning 2 avgust kuni Angren shahar Yangiobod hududida joylashgan yozgi sport mashg’ulotlari yig’inlarini o’tkazayotgan Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks, erkin kurash bo’limi sportchi o’quvchilariga DMMIBO’, yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda prezidentimiz tomonidan tasis etilgan 5 tashabbus haqida sportchi o’quvchilarga keng qamrovli tushunchalar olib borildi. Savol-javobda …

Batafsil